Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Po‘lat Bobojonov katta o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi

Po‘lat Bobojonov katta o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi

Foto: O‘zA

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tizimdagi katta o‘zgarishlar haqida O‘zAga ma’lumot berdi.

 — Transport vositasini qasddan tartibsiz boshqarish, o‘zboshimchalik bilan harakat qatnashchilarini to‘xtashga majbur qilish orqali xavfni yuzaga keltirganlik («yo‘l bezoriligi») uchun javobgarlik belgilanadi.

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga noqonuniy aralashish, to‘sqinlik qilish, qarshilik ko‘rsatish holatlari bor. Endi bunday holatlarning oldini olish uchun soha vakillarining shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanishi borasidagi huquqlari kengaytiriladi.

 Qoidabuzarlik uchun jarima ballar hisoblash tizimi joriy etiladi. Agar haydovchining 12 oy davomida sodir etgan qoidabuzarliklari uchun hisoblangan jarima ballari umumiy miqdori 12 balldan oshsa, u transportni boshqarishdan mahrum qilinadi. Qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga bonus ballari hisoblanadi.

Toshkent shahri va yirik shaharlardagi markaziy ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishining tezlik cheklovlari qayta ko‘rib chiqiladi, — degan vazir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring