Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura binosi oldida «shou» ko‘rsatgan Gentra ushlandi

Prokuratura binosi oldida «shou» ko‘rsatgan Gentra ushlandi

Foto: Prokuratura

Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tumanida Gentra haydovchisi prokuratura binosi oldida qarama-qarshi yo‘lga chiqib harakatlangani aks etgan video tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, 25-sentyabr kuni soat 20:30 atrofida Buvayda tumani A.Navoiy ko‘chasida 2001-yilda tug‘ilgan S.R. xaydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan holda otasiga tegishli 40 R 478 AV davlat raqamli Lacetti-2 mashinasida «shou» ko‘rsatgan.

Fuqaroga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 7- va 65-bandlarini qo‘pol ravishda buzgani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil vaqtincha saqlash uchun MJtKning 291-moddasiga asosan jarima maydoniga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring