Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonun kuchga kirdi. Ichki ishlar organlari karantin qoidalarini buzganlarni jarimaga tortish huquqiga ega bo‘ldi

Qonun kuchga kirdi. Ichki ishlar organlari karantin qoidalarini buzganlarni jarimaga tortish huquqiga ega bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra (O‘RQ–643-son, 26.10.2020-y.) endi epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish (54-modda) bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazoni qo‘llashga faqat  tegishli hududlarda yoki ob’yektlarda karantin joriy etilgan taqdirda, haqlidir.

Shuningdek, endilikda karantin sharoitida haydovchilar tomonidan Kodeksning 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy ish ko‘rilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring