«Qor yog‘moqda...» — haydovchilar ogohlantirildi

«Qamchiq» dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 221-246 kilometrlari oralig‘ida vaqti-vaqti bilan maydalab qor yog‘moqda.
«Yo‘llar ochiq, muzlamalar mavjud emas. Lekin asfalt nam bo‘lganligi bois sirpanchiqlik mavjud.
Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz», deya ogohlantirmoqda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter