Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga avtobus qatnovlari qayta tiklanmoqda

Rossiyaga avtobus qatnovlari qayta tiklanmoqda

2022-yil 18-iyuldan Rossiya Federatsiyasining Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Mazkur yo‘nalishlarda qatnovlar «Uzautotrans service» MChJ korxonasining Yutong rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi.

18-iyuldan boshlab, haftaning dushanba va payshanba kunlari «Toshkent» avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent–Moskva yo‘nalishida qatnovlar amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishda chipta narxi 1 000 000 so‘m;

Toshkent–Qozon yo‘nalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar «Toshkent» avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 800 000 so‘m;

Toshkent–Sankt-Peterburg yo‘nalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar «Toshkent» avtovokzalidan soat 16:00 da yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 1 250 000 so‘m.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring