Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarov Qirg‘izistonning birinchi avtobusini sinovdan o‘tkazdi

Sadir Japarov Qirg‘izistonning birinchi avtobusini sinovdan o‘tkazdi

Foto: KirTAG

Qirg‘izistonning «Beles.KG» MChJ korxonasi mamlakatda yo‘lovchi avtobusi ishlab chiqargan ilk mahalliy kompaniya bo‘ldi. Davlat rahbari Sadir Japarov Chu viloyatiga tashrifi chog‘i avtobuslarni shaxsan boshqarib, sinab ko‘rdi.

Ta’kidlanishicha, zamonaviy namunadagi «Beles» avtobuslariga dizel dvigatellar o‘rnatilgan bo‘lib, ekologiya bo‘yicha Yevro-5 standartiga javob beradi.

«Yaqin kunlarda avtobus namunalari laboratoriya-poligon sinovlaridan o‘tkazish uchun chet elga yuboriladi, shundan so‘ng sanoat miqyosida ishlab chiqarish boshlanadi», — deyiladi Qirg‘iziston hukumati xabarida.

Aytilishicha, «Beles»ning navbatdagi avtobus namunasi elektr dvigatelli bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring