Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Savodsiz, muomalasiz YPX xodimi» videosiga izoh berildi

«Savodsiz, muomalasiz YPX xodimi» videosiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Savodsiz, muomalasiz YPX xodimi» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 aprel kuni soat 22:30larda Andijon shahar IIO FMB YHXB xodimi X.Anvarov Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasida joylashgan «Gumbaz» jo‘me masjidi atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmat olib borayotgan vaqtida «Damas» rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatgan. O‘zaro muloqot vaqtida haydovchi tomonidan YPX xodimining bodikamera moslamasi bo‘lmaganligi va xodimning muomala madaniyatiga e’tiroz bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring