Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxsiy avtomobillarda viloyatlararo harakatlanishga yo‘l qo‘yilmaydi!

Shaxsiy avtomobillarda viloyatlararo harakatlanishga yo‘l qo‘yilmaydi!

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilinib, amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi. Jumladan, «Yashil» hududlarda to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga, «qizil» hududlarda to‘xtamagan holda avtobuslar harakatiga, 5-iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda BARChA HUDUDLARDA ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinishi belgilandi.

Shuningdek, quyidagilar joriy yilning 1-sentyabriga qadar uzaytirildi:

  • xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan viza muddatlari;
  • muayyan muddatga vizasiz va elektron viza bilan kirish huquqiga ega xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020-yil hisobidan qaytarib olib chiqish muddati tugaydigan xorijiy avtotransport vositalarini respublikamiz hududidan qaytarib olib chiqish muddati.

Shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish belgilandi.

Dehqon bozorlari va aholi gavjum bo‘ladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan ko‘ngilli guruhlar tuzish topshirildi.

Shuningdek, Mamlakatda karantin va undan keyingi davrda fuqarolarning respublika bo‘ylab sayohat qilishlari yuzasidan vaqtinchalik tartib hamda Karantin davrida sanatoriylar va bolalar yozgi oromgohlarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik talablar tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring