Shaxsiy avtomobillardan foydalanishda cheklov o‘rnatiladi – Rossiya

Rossiya fuqarolari uchun shaxsiy avtomobillardan foydalanishga cheklov joriy qilinadi.
Bu haqda mamlakatning 2035 yilgacha bo‘lgan transport strategiyasida ko‘rsatib o‘tilgan. Bunday chora-tadbirlar avtomobil egalarining atrof-muhitga imkon qadar kamroq zarar yetkazishini ta’minlashga qaratilgan, deb yozadi «Kommersant».
Strategiya doirasida ekologiyaga zarar keltiruvchi dvigatelli avtomashinalardan foydalanishni minimallashtirish, yo‘llardagi shovqin ustidan «raqamli nazorat»ni o‘rnatish va elektromobillar uchun yoqilg‘i quyish shoxobchalari sonini mingdan ortiqroqqa ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, shaxsiy avtomobillariga sodiq qolgan haydovchilardan boshqa fuqarolar bilan «transport vositalarini ulashish» haqida o‘ylash so‘raladi.
Transport strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi e’lon hukumat saytida e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter