Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo avtosanoati logistika inqirozini qanday yengib o‘tmoqda?

Dunyo avtosanoati logistika inqirozini qanday yengib o‘tmoqda?

Foto: «UzAuto Motors»

Dunyo bo‘ylab avtomobillar narxining ko‘tarilib bormoqda. Bir necha oy davomida dilerlar talabning pasayishini qayd etishdi, garchi u hali ham taklifdan oshib ketgan bo‘lsada, shunga ko‘ra, narxlarning o‘sish tendensiyasi davom etmoqda.

Logistika muammolari avtosanoatdagi inqirozga sabab bo‘lgan oxirgi omil emas edi. Misol uchun, yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli Rossiya AvtoVAZ ishlab chiqarish faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi va mahsulot qatorini jiddiy ravishda qisqartirdi, bu, albatta, daromadga juda salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Barcha yirik kompaniyalar shu kabi qiyinchiliklarga duch keldi. Masalan, 2021 yil bahorida «Hyundai» o‘zining Janubiy Koreyadagi asosiy korxonasi ishini bir haftaga kechiktirdi, «Volkswagen» butun dunyo bo‘ylab deyarli 100 mingta avtomobil ishlab chiqarishdan voz kechishga majbur bo‘ldi. «Ford» va «Toyota» uchun ham vaziyat yaxshi emas. Hatto «General Motors» AQSh, Kanada va Meksikadagi uchta zavodida ishlab chiqarishni vaqtincha sekinlashtirdi, Janubiy Koreyadagi zavodlarida esa o‘tgan yili ishlab chiqarish ikki baravar kamaydi.

«UzAuto Motors» kompaniyasi ham ma’lum avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Xullas, o‘tgan yilning 20 dekabridan beri xaridorlar «Nexia», «Spark», «Cobalt», «Lacetti» avtomobillariga buyurtma bera olmayapti. Bu vaqt ichida kompaniya diqqatini oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratdi.

Shu tariqa, «UzAuto Motors» 2022 yilning yanvar oyida o‘z faoliyatini sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. «Cobalt» avtomobilini ishlab chiqarish kuniga o‘rtacha 342 donadan 420 donagacha (+23 %), «Lacetti» ishlab chiqarish esa 262 donadan 360 donagacha (+30 %) oshdi. Bundan tashqari, payvandlash sexi ishida rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi. Ayni vaqtda kuniga 457 ta kuzov ishlab chiqarilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring