Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tesla Model Y krossoveri tezroq va uzoqroq yuradigan bo‘ldi

Tesla Model Y krossoveri tezroq va uzoqroq yuradigan bo‘ldi

Tesla Model Y krossoveri tezroq va uzoqroq masofaga yuradigan bo‘ldi.

1 oktabrdan boshlab brendning Xitoydagi veb-saytida krossoverning yangi fotosuratlari va xarakteristikalari paydo bo‘ldi.

Tesla Model Y’ning 100 km/soatgacha tezlashishi hozirda 5,9 soniyani tashkil etadi, bu avvalgidan biroz tezroq. Avtomobilning uskunalar panelida yangilanishlar bo‘lgan, shuningdek, yangi g‘ildiraklar va LED yoritgichlar qo‘shilgan.

Model Y’ning bir quvvatda yurish masofasi standart versiyasida 545 km.dan 554 km.gacha, ya’ni 9 km.ga ko‘tarildi. Model Y Long Range versiyasi masofani 660 km.dan 688 km.gacha, ya’ni 28 km.ga oshirdi.

Tesla hozirda Xitoyda Model Y’ning uchta versiyasini sotadi: standart — 36 100 dollar, Long Range — 41 100 dollar, Performance esa 47 900 dollar turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring