Toshkentda 4-maydan bir qator idoralarning «eshiklari ochiladi»

Karantindagi cheklovlar sababli ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari fuqarolarni vaqtincha qabul qilishni to‘xtatgan edi.
IIBB xabariga ko‘ra, 4-may – dushanba kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tuman bo‘linmalari fuqarolar qabulini davom ettiradi.
Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha, dam olish kunlari – yakshanba va bayram kunlari.
Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tushlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gacha.
Shuningdek, 4-maydan boshlab Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limlarida, shuningdek diagnostik stansiyalarida (texnika nazorati) fuqarolar qabuli davom etadi.
Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha, dam olish kunlari – yakshanba va bayram kunlari.
Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tushlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gacha.
Alohida qayd etiladiki: qabul sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda olib boriladi. Fuqarolardan tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter