Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ko‘prikdagi harakat cheklanishi sabab bir qancha avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartirildi

Toshkentda ko‘prikdagi harakat cheklanishi sabab bir qancha avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartirildi

Foto: «Xabar.uz»

2023 yilning 1 oktyabr kunidan boshlab, Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida ko‘prik yo‘li orqali avtobuslar va yuk transportining harakati vaqtinchalik cheklandi.

Shu munosabat bilan, mazkur ko‘chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati qayta ko‘rib chiqilib (1 oktyabr kuni e’lon qilingan chizma bekor qilinadi) quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilgani ma’lum qilindi:

  • 11, 67, 76, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidagi Yakkasoy TIIB bekatida vaqtinchalik qisqartiriladi;
  • 40-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, T.Shevchenko, Turkiston, KHY, Sariko‘l, Temiryo‘lchilar, H.Aliyev, S.Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatida vaqtinchalik qisqartiriladi;
  • 77-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 106-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Aeroport-2 bekatidan Qumariq, Lokomotiv, Temiryo‘lchilar, Sariko‘l, KHY, Kichik Beshyog‘och, A.Qahhor-7, A.Qahhor, Nukus, Bobur ko‘chalari rqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 61-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Aeroport-2 bekatida vaqtinchalik qisqartiriladi;
  • 47-sonli avtobus yo‘nalishining harakati vaqtinchalik Xalqaro aeroport-2 bekatidan Qumariq (ortga qaytish), THAY, Fayzli, Sh.Rustaveli, Bobur ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 45-sonli avtobus yo‘nalishining harakati vaqtinchalik To‘qimachilik kombinati bekatida qisqartiriladi. Yo‘nalishning keyingi harakati Qushbegi, Sh.Rustaveli, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Fayzli, THAY ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring