Toshkentda «Spark» 88 marta jarimaga tushdi
Haydovchi Sh.H. 88 marta yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida mashinasidan ayrilishi mumkin.
Katta miqdordagi ma’muriy jarima qarzdorligini undirish Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan.
Qarzdorga dastlab berilgan ixtiyoriy muddatda jarima to‘lanmagan. Oqibatda, Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, Toshkent shahar YHXB bilan hamkorlikda olib borilayotgan reyd tadbirlari jarayonida qoidabuzar «Spark» harakatdan to‘xtatilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, 88 marta qoida buzgan qarzdorning Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qaroriga asosan ATB «Kapitalbank» foydasiga 52,8 mln. so‘m miqdorida qarzdorligi bo‘lgan.
«Ikkita qarzdorlikni qoplash maqsadida «Spark» avtomashinasi auksion savdolariga chiqariladi, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdorliklarga yo‘naltiriladi», deyiladi MIB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter