Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi markaziy ko‘chada harakat cheklanadi

Toshkentdagi markaziy ko‘chada harakat cheklanadi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 22 oktyabriga qadar Bunyodkor shoh ko‘chasining bir qismidagi beton to‘siqlarni ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, har kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar mazkur yo‘l avtomobillar qatnovi uchun qisman yopiladi.

Ushbu yo‘lga yondosh bo‘lgan qo‘shimcha yo‘l avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo‘lishini ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring