Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtdagi Nukus ko‘chasining bir qismi yopildi

Poytaxtdagi Nukus ko‘chasining bir qismi yopildi

Foto: «Xabar.uz»

2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida Mirobod tumani Nukus ko‘chasidagi magistral issiqlik quvurlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Shu sababli, 14-may 00:00 dan ko‘chaning «Asia alliance bank» qarshisidagi qismida yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopilgan.

Shuningdek, ushbu hududdagi bir necha ko‘p qavatli uylarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

Ta’mirlash jarayoni 15-may kuni tugatilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring