Trampning mashinasi sotuvga qo‘yildi (foto)
Mecum Auctions kimoshdi savdo uyi AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli bo‘lgan avtomobilni sotuvga qo‘ydi.

Tashkilot veb-saytida yozilishicha, Ferrari F430 Trampning shaxsiy imzosi quyilgan hujjatlar nusxasi bilan birga xaridorga o‘tadi.

Avtomobil jami 11 ming kilometr yo‘l bosgan. Uning narxi 400-500 ming dollarga baholanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil 483 ot kuchiga ega bo‘lib, 4,3 litrli dvigatel, 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Soatiga 100 km tezlikka 3,5 soniyada chiqadi, maksimal tezligi soatiga 315 km.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter