Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors Moskvada yangi avtosalon ochdi

UzAuto Motors Moskvada yangi avtosalon ochdi

Foto: «UzAuto Motors»

Rossiyada Ravon dilerlik tarmog‘ini kengaytirish ishlari davom etmoqda. 6-yanvar kuni Moskva shahrida tantanali ravishda milliy avtomobillarimiz savdosi bilan shug‘ullanuvchi yana bir avtosalon ish boshladi, deb xabar berdi kompaniya axborot xizmati.

«Avtosalonda xaridorlar Ravon brendining barcha modellar qatori bilan tanishishlari, avtosalon mutaxassislaridan malakali xizmat va maslahat olishlari hamda test-drayvdan o‘tishlari mumkin. Avtomobillarning omborda mavjudligi xaridorga istalgan modeldagi avtomobilni qisqa muddatlarda xarid qilish imkonini beradi.

Salonda shuningdek Trade-in xizmati mavjud bo‘lib, uning yordamida mijozlar xarid jarayonini yanada osonlashtirishlari hamda eski avtomobillarini yangisiga almashitirishlari mumkin. Avtosalon avtomobillar savdosidan tashqari ularni kreditga berish xizmatini ham taklif qiladi.

Avtosalon quyidagi manzilda faoliyat yuritadi: Novovladikinsk tor ko‘chasi 2 uy», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring