Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzavto Motors» yana aldadi

«Uzavto Motors» yana aldadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda sotuvga qo‘yilishi kutilayotgan «Chevrolet Onix» avtomobilining narxi 9 mingdan 12 ming AQSh dollarigacha baholanmoqda, degandi «Uzavto Motors» kompaniyasi direktori v.b. Rustam Rajabov.

Bugun, 1-noyabrdan boshlab «Chevrolet Onix» avtomobili uchun shartnoma berish boshlangani e’lon qilindi.

Rasmiy xabarda «Chevrolet Onix»  avtomobilining narxlari QQSsiz ko‘rsatildi va 110 000 000 so‘mdan 165 180 000 so‘mgacha ekani ma’lum qilindi. QQS bilan hisoblanganda, ayni paytda shartnoma berilayotgan ushbu avtomobillar narxi 152 mlndan 190 mln so‘mgacha ekani oydinlashdi.

«Soddalashtirilgan komplektatsiya»ga aldanmang, u hali mavjud emas. Bu qachonki «yetarli miqdordagi arizalar kelib tushgandan so‘ng, kompaniya ushbu avtomobilni belgilangan tartibda ishlab chiqarishga kiritish masalasini ko‘rib chiqqani»dan keyin bo‘ladi, deb yozadi Kurbanoff.net blogi.

«Chevrolet Onix» avval va’da qilingan narxdan anchagina qimmat bo‘lib chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring