Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vaqtida olib ketilmagan avtomobillar keyingi mijozga berib yuboriladi» – «UzAuto Motors»

«Vaqtida olib ketilmagan avtomobillar keyingi mijozga berib yuboriladi» – «UzAuto Motors»

«UzAuto Motors» mijozlarga avtomobillarni dilerlik markazidan 5 ish kuni ichida olib ketishni eslatdi.

Qayd etilishicha, avtomobil xarid qilish uchun tuzilgan shartnomaga asosan, avtomobilni yetkazib berish muddati shartnoma bandida ko‘rsatilgan muddatdan o‘tmasligi kerak. Shartnomada avtomobilni saqlash muddati dilerlik markaziga yetkazib berilgandan so‘ng 5 ish kunidan oshmasligi ko‘rsatilgan.

«Agar xaridor ushbu muddat ichida o‘z avtomobilini dilerlik markazidan olib ketmasa, kompaniya avtomobilni navbat tartibi asosida keyingi mijozga berishga majbur bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, kompaniya agar 2023 yilda ishlab chiqarilgan avtomobilni kelgusi yilning 1 yanvaridan keyin olib ketilsa, uning ishlab chiqarish yili o‘zgarishi qabilidagi mish-mishlarga ishonmaslikni tavsiya qildi.

«Butun ishlab chiqarish hajmi, jumladan «Chevrolet Lacetti» va «Tracker» modellari 2023 yil oxirigacha ishlab chiqariladi. Butun ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi, shu jumladan, «Chevrolet Lacetti» va «Tracker» modellari ham 2023 yil modeli sifatida ishlab chiqariladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring