Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik vodiyda «metan zapravka»lar nega to‘liq ochilmaganini izohladi

Vazirlik vodiyda «metan zapravka»lar nega to‘liq ochilmaganini izohladi

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona vodiysi viloyatlari magistral gaz quvurining oxirgi nuqtasida joylashgani sababli barcha gaz shoxobchalari har kuni 9-10 soatdan (soat 8:00 dan 17:00 gacha) faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Gaz quvurlarida bosimning me’yorga keltirilishi natijasida barcha hududlardagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlariga tabiiy gaz bir maromda yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari bosqichma-bosqich odatiy ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Shu o‘rinda, respublika bo‘yicha 200dan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchasi elektr energiyasi va gazdan qarzi bo‘lganligi sababli faoliyat yuritmayapti.

Vodiy viloyatlaridagi gaz shoxobchalarining ish vaqtini har kuni uzaytirib borish choralari ko‘rilmoqda» deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring