Volkswagen ID.3 elektromobili qayta quvvatlantirilmasdan 531 km yo‘l bosdi

Volkswagen ID.3 elektr xetchbegi bir marta quvvatlantirish orqali 531 km yo‘l bosishga muvaffaq bo‘ldi. Bu modelning rasman e’lon qilingan 420 km masofadan 111 km ortiq. Bu haqda 28-avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida olmon brendi ma’lum qildi.
Xetchbek Germaniyaning Svikkau shahridan yo‘lga chiqib, Shveysariyaning Shaffxauzen shahrida to‘xtagan. Taxminan soatiga 56 km tezlik bilan harakatlangan avtomobil 9 soat yo‘l yurgan.
Yo‘lning taxminan 44 foizi avtotrassa, qolgan qismi esa qishloq ko‘chalaridan iborat bo‘lgan.
Volkswagen ID.3 avtomobili 204 ot kuchiga ega elektr motor bilan jihozlangan. Xetchbek turgan joyidan 7,3 soniyada tezligini soatiga 100 km.gacha oshirishi mumkin. Maksimal tezligi 160 km/soatni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter