Xiaomi SU7 aqlli elektromobilini taqdim etdi
Yangi avtomobil uch soniyadan kamroq vaqt ichida 100 km/soatgacha tezlasha oladi va bir quvvatlanishda 800 kmgacha yura oladi.
Xiaomi o‘zining birinchi aqlli elektromobilini namoyish etdi. SU7 elektr sedani noldan ishlab chiqilgan va kelgusi yilda Xitoy bozoriga chiqariladi. Uni ishlab chiqarish uchun ilg‘or gigaliting texnologiyasidan foydalanilgan, shuningdek, avtomobilni brend ekotizimining bir qismiga aylantirishga va’da berishmoqda.
SU7 Xiaomi gadjetlari bilan muammosiz ishlaydi, shuningdek, Apple CarPlay va AirPlay’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Xaridorlarga bir va ikkita elektr motorli versiyalar taklif etiladi, biroq hozircha narxlar ma’lum qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter