Yangi xalqaro avtomobil yo‘li haqidagi bayonnoma kuchga kirdi
2017-yilning 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1996-yil 4-sentabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi.
Mazkur hujjat 2017-yil 6-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan edi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bayonnoma hukumatlararo bitimni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish orqali transport kommunikatsiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingan.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar o‘z davlatlari hududida erkin tranzit rejimini bir-biriga taqdim etadilar va kafolatlaydilar, shuningdek, «Toshkent — Andijon — O‘sh — Irkeshtam — Qashg‘ar» avtomobil yo‘nalishi bo‘ylab tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter