Yangi yil tantanalari sabab Toshkentning bir qator ko‘chalari yopiladi

Kirib kelayotgan Yangi yil tantanalari munosabati bilan Toshkent shahri markazida bayram tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 20 dekabr kuni soat 06:00 dan 2021 yil 15 yanvar soat 00:00 gacha quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:
- Buyuk Turon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Zarafshon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
- Mustaqillik shoh ko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter