Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya uchar elektromobillar ishlab chiqarishni boshladi

Yaponiya uchar elektromobillar ishlab chiqarishni boshladi

Yaponiyada SkyDrive uchar elektromobili ishlab chiqarila boshlandi. U 2025 yilda Osakadagi Expo ko‘rgazmasida namoyish qilinishi rejalashtirilgan.

Suzuki va SkyDrive kompaniyalari uchar elektromobillar ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda Suzuki saytida chop etilgan qo‘shma bayonotda aytiladi.

SkyDrive SD-05 modeli uchuvchi va ikkita yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Elektromobil soatiga 100 km tezlikka erishish imkonini beruvchi 12 ta dvigatel bilan jihozlangan. Parvoz masofasi 15 km. Shu bilan birga, qurilma vertikal ravishda uchish va qo‘nish imkoniyatiga ega.

Yangi mahsulot 2025 yilda Osakada bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida taqdim etilishi  kutilmoqda. Sertifikatlash jarayonini yakunlash va jismoniy shaxslarga sotishni boshlash esa 2026 yilda ko‘zda tutilgan. Umuman olganda, yapon ishlab chiqaruvchilari yiliga 100 ga yaqin uchar elektromobil modellarini yig‘ish niyatida. Ulardan taksi va favqulodda xizmatlar uchun transport vositasi sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring