Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil» va «sariq» hududlarda avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi

«Yashil» va «sariq» hududlarda avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasi axborotiga ko‘ra, 2020-yil 5-iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilishi xabar qilingandi.

Shuningdek, 2020-yil 15-iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda oshxonalar, bog‘cha va buyum bozorlari ochiladi.

Bundan tashqari, 2020-yil 15-iyundan «yashil» va «sariq» HUDUDLAR O‘RTASIDA AVTOBUS QATNOVLARIGA ruxsat beriladi.

Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

  • transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;
  • haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring