Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llash borasida tushuncha berildi

Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llash borasida tushuncha berildi

my.gov.uz portali orqali sinov tartibida ishlayotgan Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llashda e’tiborli bo‘lish so‘raldi.

Sababi qaror raqami noto‘g‘ri kiritilsa, fuqaro murojaati YHXX axborot tizimi tekshiruvidan o‘tmay, avtomatik ravishda rad etiladi.

 Nega bunday xatoga yo‘l qo‘yiladi? 

  • Ko‘p fuqarolar jarima to‘g‘risidagi qaror raqamini to‘lov kvitansiyasi raqami bilan adashtirib yubormoqda.
  • Qaror raqamini kiritayotganda harflarning katta-kichik belgilariga e’tibor berishmayapti.
  • Yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etilgan hududni noto‘g‘ri belgilashmoqda.

Nima uchun qaror raqamini to‘g‘ri kiritish va yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etilgan hududni to‘g‘ri belgilash muhim? 

  • Qaror raqami – bu sizning ma’muriy huquqbuzarlik holatingizni aniqlashda yagona identifikatordir. Agar siz raqamni noto‘g‘ri kiritsangiz, tizim sizning shikoyatingizni tegishli ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi va u rad etiladi.
  • Yo‘l harakati qoidabuzarligi bo‘yicha chiqarilgan qaror yuzasidan yo‘llangan shikoyat qoidabuzarlik sodir etilgan hududga biriktirilgan mas’ul xodimga avtomatik ravishda yo‘naltiriladi. Shu bois qoidabuzarlik sodir etilgan hududni aniq belgilash zarur.

 Qaror raqamini qanday topish va to‘g‘ri kiritish mumkin? 

  • Sizga jarima solingani to‘g‘risida yuborilgan qarorni diqqat bilan o‘rganing va qaror raqamini toping.
  • Raqamni to‘liq va aniq ko‘chiring: harflar va raqamlari bilan birga.
  • Arizani yuborishdan oldin unda hech qanday xatoliklar yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Qaror raqamlari bo‘yicha namunalar:  RA12345678901, RR12345678901, RB12345678901, ST12345678901, MB12345678901.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring