Zoyir Mirzayev «prava»ga imtihon topshirdi
Bugun Ohangarondagi «Toshkent viloyati imtihon markazi»ning ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham sinov tariqasida amaliy imtihon topshirib ko‘ribdi.
Qayd etilishicha, hokim qator minus balllarni olsa ham, imtihondan o‘ta olgan.
«Ancha yildan buyon rulga o‘tirmagandim, adashmasam 1988-yilda imtihon topshirib haydovchilik guvohnomasi olganman. Lekin yo‘l qoidalarini yaxshi bilib, ko‘rsatmalarga amal qilsa, bemalol topshirsa bo‘lar ekan. «Parkovka»da sal qiynaldim, mashina haydab turmaganim shunda bilindi», — deya izohlagan Zoyir Mirzayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter