Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Fermerlar maktabi»da o‘simliklarni himoya qilish intensiv kurslarida o‘quvlar boshlandi

«Fermerlar maktabi»da o‘simliklarni himoya qilish intensiv kurslarida o‘quvlar boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 15-iyuldagi «Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 6262-sonli Farmoniga asosan Agrobankga bir qator aniq vazifalar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijosini ta’minlash maqsadida Agrobank tashabbusi bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va bir qator ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda «Fermerlar maktabida» o‘simliklarni himoya qilish yunalishida intensiv kurslarni  yo‘lga qo‘yildi.

Intensiv kursiga qabul jarayonlari onlayn so‘rovnomalar topshirish orqali bo‘lib o‘tdi. Jami 680 ta nomzod o‘qish istagini bildirgan holda so‘rovnomalar topshirgan bo‘lsa, shundan 35 ta tinglovchi yozma va suhbat asosida baholanib o‘qishga tavsiya etildi.

Tinglovchilar 2021-yilning 13-sentyabr kunidan o‘qishlarni boshladi.

O‘quv kurslarida 7 ta yo‘nalishda ya’ni entomologiya, nematologiya, gerbalogiya, virusologiya, toksikologiya hamda tuproq tahlili yo‘nalishlarida chet el tajribasiga ega bo‘lgan professor o‘qituvchilardan 3 oy mobaynida nazariy va amaliy bilimlar olishadi.

Nazariy bilimlar Fermerlar maktabida olib borilsa, amaliy bilimlarini o‘simliklar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bir qator laboratoriyalarida olib borishadi.

Mazkur yunalishda 1 yil mobaynida 200 ga yaqin mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilgan.

Intensiv kursdan asosiy maqsad o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishlarida o‘simliklar klinikasi hamda biolaboratoriyalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Shuni o‘rinda aytish kerakki, o‘quv bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘liq Agrobank tomonidan moliyalashtiriladi va sohaga ilmiy innovatsiyalarni joriy qilishni davom ettiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring