Jek Maning muvaffaqiyatsizliklari oldida seniki hech narsa emas!

“Agar sen taslim bo‘lmasang, hali imkoning bor. Taslim bo‘lish — eng katta mag‘lubiyatdir” — bu xitoylik Jek Maga tegishli iqtibos.
Dunyodagi eng boy tadbirkorlardan biri, Alibaba asoschisi Jek Ma o‘z vaqtida 30 ta ish o‘rniga ariza topshirib, barchasidan rad javobi olgan.
Jek Maning shaxsiy boyligi hozir 50 milliard dollardan oshadi. Biroq bu darajaga yetishish uchun u ko‘plab muvaffaqiyatsizliklarga duch kelgan va ularni yengib o‘tgan.
Quyida 7 ta misol keltiramiz:
- Maktabdagi imtihonlarda qayta-qayta muvaffaqiyatsizlikka uchrasa-da, taslim bo‘lmadi
Ma yaxshi o‘quvchi bo‘lmagan. U hatto umumiy o‘rta ta’limni ham zo‘rg‘a tugatgan:
«Boshlang‘ich maktabda ikki marta asosiy testdan o‘tolmadim, o‘rta maktabdagi testdan uch marta yiqildim, kollej imtihonidan esa ikki marta o‘ta olmadim...», — deydi Jek Ma.
Uning bu holati mashhur insonlarni eslatadi — Eynshteyn, Cherchill va Linkoln ham yoshlikda o‘qishda qiynalgan, biroq keyinchalik katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
- Kollejga kirish imtihonida matematikadan 120 balldan atigi 1 ball olgan
Bir marta yiqilish muvaffaqiyatsizlik, lyekin 120 balldan faqat 1 ball olish — bu juda og‘ir zarba. U matematikada haqiqatan qiynalardi.
«Men matematikada yaxshi emasman, menejmentni o‘rganmaganman, buxgalteriya hisobotlarini o‘qiy olmayman», — deydi Jek Ma.
Ammo shunday bo‘lsa-da, u IT-gigantga asos soldi. Hatto bolaligida "kompyuter" so‘zini eshitmagan bo‘lsa-da.
- Garvarddan 10 marta rad javobi olsa-da, harakatdan to‘xtamadi
U Garvard universitetiga 10 marta hujjat topshirgan. Bu uning sabrli inson ekanidan dalolat beradi: “Sabr-toqatga ega bo‘lish juda muhim”, — deb hisoblaydi u.
Oxir-oqibat, u Xanchjou jamoat institutiga o‘qishga kirib, ingliz tilini o‘rganadi.
- 30 marta ishga joylashishga urindi, birortasidan ijobiy javob olmadi
Kollejni tugatgach, u 30 ta ishga rezyumesini yubordi — hammasi rad etdi. Politsiyaga ishga kirishga harakat qildi, biroq u yerda ham “sen mos kelmaysan” degan javobni oldi.
“Bugun qiyin. Ertaga undan ham qiyin. Biroq kelasi kun — ajoyib bo‘ladi”, — deydi Ma.
- KFC’ga ishga kirishga urindi — 24 kishidan faqat u rad etildi
Da’vogarlar orasida 24 nomzod bor edi, shundan 23 nafarini ishga oldilar, faqat Ma chetda qoldi. Buni u o‘zining tashqi ko‘rinishi va past bo‘yi bilan izohlaydi. Biroq u baxtli turmush qurgan — uning rafiqasi Chjan In unga hali boy bo‘lmasidan avval turmushga chiqqan.
- Alibaba qariyb bankrotlik yoqasiga kelsa ham, ishonchni yo‘qotmadi
Dastlabki uch yilda Alibaba foyda keltirmadi, hatto bankrotlik yoqasiga kelgan paytlar bo‘ldi. Ammo keyin nima bo‘lganini yaxshi bilasiz.
- 18 nafar sherigiga rahbar bo‘lish imkoni yo‘qligini aytdi
Jek Ma bosh direktor sifatida hayotidagi og‘ir qarorni qabul qiladi: Alibaba’dagi 18 nafar sherigiga (ular kompaniyani tashkil qilishda jami 60 ming dollar investitsiya kiritishgandi) rahbarlik lavozimida ishlay olmasliklarini aytdi. Uning rejasi — tashqaridan professionallarni jalb qilish edi.
“Alibaba’dagi qiyin paytlar menga menga saboq berdi: jamoangiz qadriyatlar, innovatsiyalar va istiqbolga ega ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak”, — Jek Ma.
Agar boshida omad kelmasa…
Unda Jek Maga qarang. Uning hayoti yaqqol misol. Eng hayratlanarlisi, uning favqulodda chidamliligi. Ma shunchaki milliardlarni ishlab topish yo‘lini emas, balki bir inson qanchalik ko‘p marta yiqilib, yana qaytib turishi mumkinligini butun dunyoga isbotlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter