Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2020. Xorvatiya terma jamoasining muhim futbolchisi o‘yindan oldin koronavirusga chalindi

Yevro-2020. Xorvatiya terma jamoasining muhim futbolchisi o‘yindan oldin koronavirusga chalindi

Foto: «Kp.ru»

Xorvatiya futbol terma jamoasi futbolchisi Ivan Perishich Yevro-2020 1/8 finalidan oldin koronavirus bilan kasallanib qoldi. Bu haqda Xorvatiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

Terma jamoa futbolchisi darhol izolyasiyaga olingan. Perishich 10 kun karantinda bo‘ladi, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda va yig‘ilishlarda qatnashmaydi. Jamoaning qolgan a’zolari COVID-19 ga topshirgan test natijalari manfiy chiqqan.

Xorvatiya 28-iyun — dushanba kuni Yevropa chempionatining 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi to‘p suradi. Uchrashuv Kopengagenda bo‘lib o‘tadi, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Musobaqada kasallikni yuqtirish holatlari Shvetsiya, Slovakiya, Shotlandiya va Portugaliya terma jamoalarida ham qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring