Niderlandiya-Argentina o‘yinini boshqargan hakamga «qizil kartochka» berildi
Antonio Migel Mateu Laos Qatardagi mundialning qolgan o‘yinlarini boshqarmaydi. Ispaniyalik hakam turnir yakuniga yetmasidan avval chetlatildi, deb yozdi Cope nashri.
Mateu Laos Ispaniyaga qaytib ketgan.
Niderlandiya va Argentina o‘rtasidagi 1/4 final (2:2, penaltilar seriyasi bo‘yicha 3:4) uning uchun JCh-2022 dagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi. O‘sha o‘yinda ispan hakami futbolchilarga rekord darajada ko‘p — 17 ta sariq va bitta qizil kartochka ko‘rsatdi, bellashuv tugaganidan so‘ng har ikki tomon futbolchilari undan norozi ekanliklarini bildirishdi.
Umuman, Argentina-Niderlandiya bahsida ko‘p sonli to‘qnashuvlar faqat to‘p uchun bo‘lmaganini ko‘rdik. Laosni shunda ham ayblashdi — o‘yin tizginini qo‘ldan berib qo‘ygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter