Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar-2022. Fransiya Polshani yengib, chorakfinalga yo‘l oldi, Jiru Anrining rekordini yangiladi

Qatar-2022. Fransiya Polshani yengib, chorakfinalga yo‘l oldi, Jiru Anrining rekordini yangiladi

Foto: BBC

Bugun, 4-dekabr kuni Qatardagi jahon chempionatining 1/8 finalida Fransiya va Polsha terma jamoalari keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi.

Fransuzlar hujumchisi Olive Jiru 44-daqiqada hisobni ochdi. Mbappening uzatmasini raqib darvozasi pastki o‘ng burchagiga joylab qo‘ydi.

Bu 36 yoshli futbolchi terma jamoa safida kiritgan 52-gol bo‘ldi. U Fransiya milliy jamoasining eng yaxshi to‘purari Terri Anri (51 gol)dan o‘zib ketdi.

74-daqiqaga kelib fransuzlar tabloda o‘zlari uchun qulay hisobni qayd etishdi. Himoyadan tezkor qarshi hujum uyushtirildi, Dembelening uzatmasini Mbappe golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda, qo‘shib berilgan ilk daqiqada Mbappe Polsha darvozasini aniq nishonga olib dublga erishdi va mundialdagi gollari sonini beshtaga yetkazib oldi.

Levandovski 90+9 daqiqada polyaklarning o‘yindagi ilk golini penaltidan kiritdi. 

Ishonchli g‘alaba fransuzlarni pley-offga olib chiqdi.

Ularning raqibi bugun tunda (soat 23:59 da boshlanadi) Angliya va Senegal terma jamoalari o‘yinidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.   

JCh-2022. 1/8 FINAL

4-dekabr, «Al Thumama Stadium»

Fransiya — Polsha — 3:1

Gollar: Olive Jiru (44), Kilian Mbappe (74, 90+1) — Robert Levandovski (90+9, penalti).

Fransiya: Loris, Kunde (Disasi, 90), Varan, Upamekano, Ernandes, Rabo, Tchuameni (Fofana, 66), Jiru (Tyuram, 76), Grizmann, Dembele (Koman, 76), Mbappe.

Polsha: Shchensni, Kesh, Glik, Kiver (Bednarek, 87), Bereshinski, Kaminski (Zalevski, 71), Frankovski (Grositski, 87), Krixovyak (Belik, 71), Zelinski, Shimanski (Milik, 64), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Tchuameni (31) — Bereshinski (47), Kesh (88).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring