Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya so‘nggi turda mag‘lub bo‘lib, jahon chempionatini tark etdi (video)

Germaniya so‘nggi turda mag‘lub bo‘lib, jahon chempionatini tark etdi (video)

Foto: «Reuters»

Biroz avval Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining  «F» guruhi 3-tur o‘yinlariga yakun yasaldi.

Shvetsiya va Meksika uchrashuvi Shvetsiyaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Germaniya esa Janubiy Koreya terma jamoasi bilan maydonga tushdi. Germaniya o‘yinni 2:0 hisobdagi mag‘lubiyat bilan yakunladi va mundialni tark etdi. Jamoa uch o‘yinda uch ochkoga ega bo‘lib, «F» guruhda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Janubiy Koreya jamoasi ham uch ball bilan guruhning uchinchi pog‘onasini zabt etib, chempionatni tark etdi.

Germaniya termasi amaldagi jahon chempioni hisoblanib, Germaniya termasi amaldagi jahon chempioni hisoblanib, to‘rt karra g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Janubiy Koreya - Germaniya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 90 Kim Yen Gvon, 2:0 – 90 Son Xin Min.

Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Yen Gvon, Yun Yen Son, Xon Chxol, Chjan Xen Su, Ku Chja Chxol (Xvan Xi Chxan, 56; Ko Ye Xan, 79), Chjon U Yen, Mun Son Min (Chju Se Chjon, 69), Li Chje Son, Li Yen, Son Xin Min.

Germaniya – Noyer, Xummels, Zyule, Kimmix, Xektor (Brandt, 78), Xedira (Gomes, 58), Kroos, Ozil, Goretska (Myuller, 63), Roys, Verner.

Ogohlantirishlar: Chjon U Yen (9), Li Chje Son (23), Mun Son Min (48), Son Xin Min (65).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring