Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi hangomalardan. O‘g‘ri qayerda ko‘p?

Turkiyadagi hangomalardan. O‘g‘ri qayerda ko‘p?

Foto: Google.com

Bugun ertalab, soat 8 larda eshik qitir-qitir qilib qoldi. Tirqishdan mo‘ralasak, «koronavirus» maskasini taqvogan uchta o‘g‘ri plastik karta bilan eshikni ochmoqchi bo‘lishayapti. Beknazar «yo‘qol!» degandi qochib ketishdi.

Istanbulga kelgan o‘zbeklar negadir Turkiyaning eng kriminalistik joylaridan bo‘lgan Laleliga joylashvolishgan. Uyiyam, do‘koniyam, oshxonasiyu borzori ham shu yerda. Turkiyaning o‘g‘risiyam, kallakesariyam, kisavuriyu mayda-chuyda talonchilariyam shu yerda.

O‘tgan hafta narigi pod’yezdda yashaydigan arablarni uyiga kirib, hamma narsasini shilib ketgan ekan. Telefonam, pulam, boshqasiyam qolmagan. Endi bu pod’yezdga kirishibdi. Turklarning eshiklarini plastik karta bilan ochsa bo‘ladi agar qulflanmasdan, shunchaki yopib qo‘yilgan bo‘lsa.

Lekin bu o‘g‘rilarda har qanday qulfni ochadigan kalitlar bor ekan. Uy ichida odam bo‘lsayam farqi yo‘q – yo ichkariga uxlatadigan gaz kiritib kirisharkan yoki qo‘lida quroli bo‘lib, yot-yot desa yotgan joyida o‘likday qotib qolaverarkansiz.

Nega ertalabki soat 8 da, o‘g‘rilarning kallasi ishlaydimi, kuppa kunduziyam uyni bosadimi, deb o‘ylarsiz. Lekin ular ham anoyi emas, katta shaharlarda yakshanba kuni hayot tushdan keyin boshlanadi. Bu paytda odamlar endi ikkinchi yoki uchinchi tushini ko‘rayotgan bo‘ladi.

Xullas, o‘g‘rilar baribir eshigimizni ocholmasdi. Xojiboy Tojiboyev aytgan eshikni o‘rnatgan ekan uy egasi, qarang.

Sanjar SAID

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring