1-may. Botanikada burilish, «soxta» sayyora, Olimpiada «tanaffus»i, birinchi o‘zbek dirijyor ayoli va boshqa voqealar
Bayram va muhim sanalar
- Qozog‘iston xalqlari birdamligi kuni (Qozog‘iston).
- Bolalar salomatligi kuni (AQSh).
- Marvaridgul kuni (Fransiya).
Voqea-hodisalar
- 305-yil — Qadimgi Rim hukmdorlari Diokletian va Maksimian hokimiyatdan voz kechdi.
- 1328-yil — tinchlik shartnomasi bo‘yicha Angliya Shotlandiya mustaqilligini tan oldi.
- 1682-yil — qirol Lyudovik XIV tantanali ravishda Parij rasadxonasini ochdi.
- 1699-yil — Per le Moyn Missisipi daryosi vodiysida birinchi yevropaliklar manzilgohiga asos soldi.
- 1753-yil — Karl Linneyning botanika fanida burilish yasagan «O‘simliklar turlari» kitobi bosmadan chiqdi.
- 1786-yil — Venada Motsartning «Figaroning uylanishi» operasi premerasi bo‘lib o‘tdi.
- 1840-yil — Angliyada dunyodagi birinchi pochta markalari paydo bo‘ldi.
- 1851-yil — Londondagi Billur saroyda texnika va madaniyat yutuqlariga bag‘ishlangan birinchi xalqaro ko‘rgazma o‘tkazildi.
- 1855-yil — Falmut (AQSh) shahriga yaqin joyda Britaniyaning «John» yelkanli kemasi halokatga uchradi; 196 kishi qurbon bo‘ldi.
- 1884-yil — Chikagoda birinchi osmono‘par bino — 10 qavatli uy qurilishi boshlandi.
- 1885-yil — Ottava(Kanada)da birinchi ko‘cha elektr chiroqlari yondi.
- 1886-yil — Birma Britaniya Hindistoni tarkibiga qo‘shib olindi.
- 1898-yil — Ispaniya-AQSh urushi: Kaviti (Filippin) yaqinidagi dengiz jangi.
- 1899-yil — Germaniyada Frankfurtning «Ayntraxt» futbol klubi tashkil etildi.
- 1899-yil — birinchi marta sotuvga aspirin chiqarildi.
- 1919-yil — Bavariya qizil armiyasi mag‘lubiyati. Bavariya sovet respublikasining qulashi.
- 1930-yil — 18-fevral kuni kashf etilgan sayyoraga Pluton nomi berilgani ma’lum qilindi (keyinchalik Pluton sayyoralar ro‘yxatidan chiqarilgan).
- 1933-yil — Britaniya va Hindiston o‘rtasida telefon aloqasi o‘rnatildi.
- 1940-yil — 1940-yilgi olimpiada urush tufayli rasman bekor qilindi.
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Berlindagi Reyxstag tepasiga g‘alaba bayrog‘i tikildi.
- 1946-yil — Avstraliya aborigenlari o‘zlarining birinchi sanoat ish tashlashini amalga oshirishdi.
- 1948-yil — KXDR tuzilgani e’lon qilindi.
- 1961-yil — Fidel Kastro bundan buyon Kubada saylovlar bo‘lmasligini e’lon qildi.
- 1963-yil — G‘arbiy Irian sobiq holland mustamlakasi Indoneziyaga topshirildi.
- 1974-yil — Portugaliyada siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi, OAVda senzura bekor qilindi.
- 1978-yil — yaponiyalik Naomi Uemura itlar qo‘shilgan chanada yakka o‘zi 54 kun davomida shimoliy qutbga yetib keldi.
- 1979-yil — Grenlandiya o‘zini o‘zi boshqarish huquqini qo‘lga kiritdi.
- 1993-yil — Kolombodagi terakt oqibatida Shri-Lanka prezidenti Ranasingxe Premadasa halok bo‘ldi.
- 2003-yil — Mo‘g‘ulistonda yerni xususiylashtirish boshlandi.
- 2004-yil — Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya va Estoniya Yevropa ittifoqiga qabul qilindi.
Tavallud kunlari
- 1672-yil — Jozef Addison, yozuvchi, publitsist, ingliz jurnalistikasi asoschilaridan biri.
- 1881-yil — Teyar de Sharden, fransuz antropologi, paleontolog, faylasuf, sinantropni kashf etgan.
- 1896-yil — Muhiddin Qoriyoqubov, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1916-yil — Kifoyat Muslimova, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1924-yil — David Abashidze, gruzin aktyori va rejissyori.
- 1936-yil — Dilbar Abdurahmonova, birinchi o‘zbek dirijyor ayoli.
- 1942-yil — Elyor Eshmuhammedov, o‘zbek rejissyori.
- 1968-yil — Oliver Birhoff, nemis futbolchisi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter