2 yoshli qizchaning qo‘li go‘sht maydalagichga kirib ketdi
Kecha, 14-aprel kuni soat 18:55da Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ehtiyotsizlik oqibatida 2 yoshli qizchaning qo‘li elektr go‘sht maydalagichga kirib ketganligi bo‘yicha tashvishli xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra zudlik bilan boshqarma qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali shifokorlari bilan birgalikda maxsus-asbob anjomlar yordamida qizchaning qo‘li go‘sht maydalagichdan chiqarib olingan.
Qayd etilishcha, hozirda qizchaning axvoli yaxshi, uning qo‘li asrab qolingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter