Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

21 yoshli qizni mashinaga kuch ishlatib o‘tqizmoqchi bo‘lgan yigit ushlandi

21 yoshli qizni mashinaga kuch ishlatib o‘tqizmoqchi bo‘lgan yigit ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada bir yigit ko‘chada qizni mashinaga majburlab o‘tqizib, olib ketmoqchi bo‘lgani haqida video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 11 sentyabr kuni «Tuyagu» MFYda sodir bo‘lgan. Qizni olib qochishga uringan yigit Marg‘ilon shahrida 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro ekani aniqlangan. Qiz va yigit avval tanish bo‘lgan.

«O‘qishga ketayotganimda ko‘rib qoldim. Yo‘lda gaplashib ketayotib, urishib ketdik. Keyin, gaplashib olamiz deb mashinaga chiqarmoqchi bo‘ldim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa bu xatoni qilmayman», - deydi yigit.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring