Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

393 millionlik so‘mlik attraksion mojarosi: muammo qanday yakun topdi?

393 millionlik so‘mlik attraksion mojarosi: muammo qanday yakun topdi?

Illyustrativ rasm.

Shu oyda Namangan viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi, Chortoq tuman jamiyatiga «Matkarim Aziz» oilaviy korxonasi rahbari M.A. murojaat etdi.

Murojaatda korxona rahbari M.A. OOO «BESTON PLAY» rahbari S.A bilan 2019-yil 3- iyun kuni 393 192 000 so‘mlik attraksion yetkazib berish to‘g‘risida  shartnoma imzolashgan.

Lekin shu kunga qadar shartnomada tuzilgan 393 192 000 so‘mlik attratsion yetkazib berish lozim bo‘lsada, xozirgi kunga qadar attraksionlarni yetkazib bermaganligi sababli yordam so‘rab murojaat etgan.

Mazkur murojaat yuzasidan tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi va «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlariga asosan o‘rganib chiqilgan. So‘ng shartnoma shartlariga ko‘ra OOO «BESTON PLAY» rahbari S.A. tomonidan 393 192 000 so‘mlik attraksion tadbirkorga yetkazib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring