Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 avtomobil ishtirokida fojiali hodisa sodir bo‘ldi

6 avtomobil ishtirokida fojiali hodisa sodir bo‘ldi

Joriy yil 18-sentyabr kuni soat 18:05 larda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Ko‘makay M.F.Y. hududidan o‘tuvchi 4R130 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida:

1) 1989-yilda tug‘ilgan haydovchi G‘.A. boshqaruvidagi «Dongfeng» yuk avtomobili;

2) 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi B.Yu. boshqaruvidagi «Damas»;

3) 1973-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.M. boshqaruvidagi «Damas»;

4) 1958-yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. boshqaruvidagi «Neksiya»;

5) 1958-yilda tug‘ilgan haydovchi M.J. boshqaruvidagi «Matiz»;

6) 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi X.A. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.

Natijada «Damas» avtomobili yo‘lovchisi bo‘lgan fuqaro M.F. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring