Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 yil bedarak ketgan o‘zbekistonlik yigit topildi

9 yil bedarak ketgan o‘zbekistonlik yigit topildi

Foto: «Arnapress.kz»

Olmaotadagi O‘zbekiston Bosh konsulligi tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida Qozog‘istonning Jambil viloyatidan O‘zbekiston fuqarosi, qarindoshlari tomonidan 2009-yildan buyon qidirilayotgandi N.X.Soipov (1990-yil 3-sentyabrda tug‘ilgan) topildi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Diplomatik vakolatxona so‘roviga binoan Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv tadbirlar N.Soipovning qayerda ekanligini aniqlash imkonini bergan. Unga zarur ruhiy-psixologik yordam ko‘rsatilgan va O‘zbekiston qaytib ketish uchun sertifikat topshirilgan.

Ayni paytda u Soipov qarindoshlari bilan birgalikda O‘zbekistonga qaytib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring