Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentning «sho‘rini quritmoqchi» bo‘lgan talabalar ushlandi

Abituriyentning «sho‘rini quritmoqchi» bo‘lgan talabalar ushlandi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Jizzaxda abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergan firibgar talabalar ushlandi

Baxmal tumani Mug‘ol QFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Jizzax shahriga oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun keladi.

Sharof Rashidov tumanining Kuyovboshi MFYda yashovchi talaba esa o‘zining sherigi bilan birga uni 2000 AQSh dollari evaziga Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishni taklif qiladi. Buning uchun abituriyentdan 1000 AQSh dollarini oldindan berishni so‘raydi.

Shundan so‘ng talaba bo‘lishni istagan yigit ichki ishlar organiga murojaat qiladi. Firibgar talabalar Jizzax shahridagi Markaziy dehqon bozorida 1000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha talabalardan biri 2021 yilning sentyabr oyida ham firibgarlik qilganligi uchun sudlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring