Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘ldi

Afg‘onistonda ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 18:23 da (25.03.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 13:23 da)  va 19:08 da (Grinvich bo‘yicha 14:08 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, dastlabki zilzila koordinatalari: 36,68 gradus shimoliy kenglik; 70,92 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 177 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 531 km janubiy-sharqda.

Ikkinchi zilzila koordinatalari: 36,54 gradus shimoliy kenglik; 70,05 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 208 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 530 km janubiy-sharqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring