Afg‘onistonlik ayolning Toshkentda ko‘zi yoridi

Afg‘onistondagi hukumat almashish jarayonlari fonida ko‘plab davlatlar o‘z fuqarolarini hamda afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilishga kirishgan. O‘zbekiston ushbu jarayonlar uchun o‘z havo yo‘llarini ochish orqali insonlarni Afg‘onistondan xavfsiz ko‘chirishga hissa qo‘shmoqda.
Shu bilan birga Toshkent aeroportiga qo‘ngan insonlarning salomatligini nazoratga olishda ham jonbozlik ko‘rsatilmoqda, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, kuni kecha 1999 yilda tug‘ilgan afg‘onistonlik fuqaro E. A. «Homiladorlik 1. Tug‘ruq 1. 39-40 hafta» tashxisi bilan tez tibbiy yordam brigadasi orqali I.Irgashev nomidagi Toshkent shahar 4-son klinik shifoxonasining tug‘ruq bo‘limiga yotqizilgan.
Kecha oqshom ushbu muassasada 22 yoshli E.A. ilk farzandini dunyoga keltirdi. Afg‘onistonlik yosh ona 3 kilogramm 840 gramm vazn bilan tug‘ilgan o‘g‘lini o‘zbek shifokorlari yordamida qo‘liga oldi. U ma’lum muddat mutaxassislar nazoratida bo‘lib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter