Ag‘darilib ketgan «Spark» yo‘lovchisi vafot etdi
2021-yil 8-aprel kuni soat 14:55 larda Namangan-Chortoq yo‘lining 36-km.da «Spark» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtomobil yo‘lning o‘ng chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan.
Avtomashinada bo‘lgan 21 yoshli yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Avtomashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter