Andijon tibbiyot instituti talabasi bir necha kishini «shilgani» aniqlandi
Buxoro viloyati Jondor tumanida o‘zgalarning plastik kartalaridagi pullarni o‘zlashtirib kelgan talaba aniqlandi.
Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, noma’lum shaxs 27 may kuni tumanning «Chorzona» mahallasida yashovchi Y.M.ning plastik kartasidan 1 million so‘m, 19 iyun kuni «Aleli» mahallasida yashovchi B.A.ning plastik kartasidan 800 ming so‘m, 21 iyun kuni esa «Dalmun» mahallasida yashovchi M.F.ning plastik kartasidan 800 ming so‘m pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor-texnik, surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.
Natijada ushbu jinoyatlarni Andijon viloyati Baliqchi tumani «Nurafshon» mahallasida yashovchi, Andijon davlat tibbiyot institutining 24 yoshli talabasi Y.H. sodir etgani aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning viloyat hamda respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan bu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi IIB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter