Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ham «ko‘cha»ga qarshi jiddiy kurash boshlandi

Andijonda ham «ko‘cha»ga qarshi jiddiy kurash boshlandi

Foto: Andijon viloyati IIB.

Andijon viloyati hududida «Dolzarb 40 kunlik»  maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, o‘zidan «Yetakchi» yasab olganlar hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar ushlanmoqda.

Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.

Xususan, joriy yilning 5 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Andijon shahrida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 104, 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, 1988-yilda tug‘ilgan Kiselov Andrey Xodjamqulovich, Andijon shahrida  yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro Shodiboyev Farrux Patidin o‘g‘li, Xo‘jaobod tumanida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan Ergashev Baxtiyor To‘xtasinovich hamda 1985-yilda tug‘ilgan Parpiyev Alisher Adxamovichlar viloyat hududida oilaviy zo‘ravonlik, mayda bezorilik, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etganliklari aniqlanib, ularning har biriga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Hozirda ularning sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarga aloqadorliklari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 47 kishi ushlangandi. 

Bundan tashqari Toshkent shahri, Qashqadaryo, Farg‘onada shunday reydlar o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring