Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ishlab chiqarish ob’yektida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda ishlab chiqarish ob’yektida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Andijon viloyatida FVV yong‘in-qutqaruvchilari ishlab chiqarish ob’yektidagi yong‘inni bartaraf etdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in joriy yilning 5-mart kuni, soat 08:21 da, Andijon shahrining Chinobod ko‘chasida joylashgan sintefon ishlab chiqarish ob’yektida yuzaga kelgan.

Deyarli 3 daqiqa ichida FVVning hududiy boshqarmasidan 10 ta yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in taxminan 200 kvadrat metrni tashkil etgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida qisqa vaqt ichida yong‘in bartaraf etilib, ming kvadrat metrdan ortiq qismi saqlanib qolingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring