Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ko‘k Jiguli yonib ketdi

Andijonda ko‘k Jiguli yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Hozirgina Andijon, Shahrixonda ko‘k Jiguli yonib ketibdi» sarlavhali videoxabar yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 16-aprel kuni soat 12:46larda Shahrixon tumani Ortish mahallasi hududida 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro I.I. boshqaruvidagi ko‘k rangli «VAZ 2101» rusumli avtomashina to‘xtab turgan joyida salon ichidagi elektr qismidagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv oqibatida yonib ketgan.

Tuman FVB o‘t o‘chiruvchilari tomonidan soat 13:07 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inda avtomashinaning dvigateli va salon qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishi va atrofga o‘tib zarar yetkazishi holatlari ro‘y bermagan. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring